«TOPAERO-M» xo‘jalik-maishiy oqava suvlarni tozalash majmuasi (kuniga 60 dan 128 kub metrgacha quvvatga ega).
«TOPAERO-M» majmuasi — bu kuniga 12 dan 200 kub metrgacha ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lgan, hamda xo‘jalik-maishiy va o‘z tarkibiga ko‘ra ularga yaqin sanoat oqava suvlarini baliqchilik xo‘jaligi hovuzlariga oqizib yuborish me’yorlari darajasiga qadar tozalash uchun mo‘ljallangan, inshootdir.
Majmua qisman zavodda ishlab chiqarilgan bo‘lib, blok-modulli ko‘rinishda bajarilgan, hamda armaturalangan polipropilendan qilingandir. Majmua, bir-biriga o‘zaro bog‘langan, bir nechta bloklardan iborat. Bloklar yer osti yoki yer usti holatida ustiga tuproq tortib o‘rnatiladi. Har bir blok fazoda seksiyalarga bo‘lingan bo‘lib, ularning har birida texnologiyaning tozalashga doir turli bosqichlari ro‘y beradi. Har bir tozalash stansiyasining butlamasi individual tarzda amalga oshiriladi, majmuani tanlashda ob’ekt va yerning xususiyatlari inobatga olinadi, bu esa yakuniy xarajatlarda aks etadi.
«TOPAERO-M» oqava suvlarni biokimyoviy tozalash uchun ishlatiladi, bu ikki fazali aerob-anoksidli tizim (impulsli aeratsiyaga ega SBR-reaktori) bo‘lib, u ortiqcha loyni uzoq muddatli aerob stabilizatsiyasi hamda uning aertenkdagi faol konsentratsiyasini avtomatik tarzda qo‘llab-quvvatlab turish xossasiga ega.
«TOPAERO-M» TOZALASH INSHOOTLARINING ISHLASH TAMOILI
Xo‘jalik-maishiy oqava suvlar bosim ostidagi quvuri orqali qabul qilish kamerasiga yuboriladi, u yerdan tangensial qum ovlagichlariga kirib boradi (suv oqimi hajmi kuniga 100 kub metrdan ortiq), unda mineral aralashmalar (qum, shisha va h.k.) tutib olinadi, so‘ngra suv o‘z tarkibida: qabul qiluvchi kamera, favqulodda kamera, ichiga ikkilamchi tindirgich o‘rnatilgan aerotenk, aerob loyqa stabilizatori singari uskunalarga ega bo‘lgan, «TOPAERO-M» biologik tozalash bloklariga kirib boradi.
«TOPAERO-M» kompleksidagi suv o‘z-o‘zidan oqib harakatlanadi. Aerotenkda oqava suvlarini ammoniyli azot va fosforni bartaraf etilgan holdagi to‘liq biologik tozalanishi ro‘y beradi. Aerotenk kamerasi loyqa qorishmasini aralashtirish va oqava suyuqlikni havodagi kislorod bilan to‘yintirish uchun mayda-mayda pufakchali aeratsiya havo tizimi bilan jihozlangan bo‘lib, bu organik ifloslantiruvchi moddalarning oksidlanishiga yordam beradi. Faollashtirilgan loyqa tozalangan suvdan ikkilamchi cho‘ktiruv hovuzlarda ajraladi. Oqim hajmidan 100% miqdoridagi loyqa aerotenk kamerasiga qaytariladi. Biokimyoviy tozalangan suv jamlanib, (GK «TOPOL-EKO» tomonidan ishlab chiqarilgan «SIKLON» xilidagi yanada izchilroq tozalash reaktorida filtrlash yo‘li bilan) yanada izchilroq tozalashga tutiladi. Bioreaktor oqava suvlarni ifloslantiruvchi organik qoldiq moddalardan, muallaq suzib yurgan qattiq moddalardan, o‘ziga biriktirib qo‘yilgan biotsenoz – bioplenkaga ega bo‘lgan, inert tashuvchi vositasida yanada izchilroq tozalash uchun xizmat qiladi. Zarurati tug‘ilgani bora, filtrlash yuklanmasining havo yordamidagi regeneratsiyasi amalga oshiriladi.
Yanada izchilroq tozalash bioreaktordagi cho‘kindi va aerotenklaridagi ortiqcha faollashtirilgan loyqa stabilizator-jamlagichga yo‘naltiriladi. Stabillashtirilgan cho‘kindi, shartnoma tuzish orqali, ixtisoslashgan tegishli tashkilotlar tomonidan olib chiqib ketiladi.







