Qidirish

Topas 150 PR

Stokda

XOSSALARI:

150 kishilik
Qayta ishlash hajmi: kuniga 24 kub.m.
Chiqarib tashlash(salvo chiqarish)hajmi: 4500 litr.
Vazni: 3325 kg.
Uzunligi: 4.2 m
Kengligi: 4.6 m
Balandligi: 3 m
Ko‘milish chuqurligi: 125 sm
Energiya iste’moli: kuniga 30 kVt/sut

TAVSIFI:

Ushbu tizim oqava suvlarni chuqur biologik tozalash stantsiyasiga ega bo`lib. Ushbu stansiya tozalashni faol balchiq va maxsus bakteriyalar yordamida amalga oshirib, chiqarib tashlanadigan oqovalarni atrof-muhit uchun ekologik jihatdan xavfsiz holatga keltiradi.  Tozalangan texnik suv, masalan, o‘simliklarni sug‘orish va maishiy-ho‘jalikda uchrab turadigan boshqa ehtiyojlari uchun safarbar etilishi mumkin. Bundan tashqari, tozalash jarayoni bog‘ va poliz uchun foydali o‘g‘it hosil qiladi. Topas 150 PR septikining o‘ziga xos afzalligi mavjud – u ham bo‘lsa o‘ziga o‘rnatilgan nasos bo‘lib, tozalangan suvni mo‘ljal qilingan tashlamaga, u ariq yoki drenaj qudug‘i bo‘ladimi bundan qat’i nazar, avtomatik ravishda tushirilishini kafolatlaydi.

ASOSIY AFZALLIKLARI:

Ushbu tizimning afzalliklari quyidagilardan iborat:
Septik atrofini betonlashning hojati bo‘lmagan holda osongina o‘rnatish.
98% gacha yuqori darajali tozalash.
Yoqimsiz hidlarning yo‘qligi.
Ixchamlik, egallanadigan minimal joy maydoni (1 kv.metrdan boshlanadi).
Suvni chiqarib olish uchun assenizatorni chaqirishning hojati yo‘q.
Turli maqsadlar uchun mos bo‘lgan, shu jumladan o‘simliklarni sug‘orish, mashinalarni yuvish yoki drenajga tashlash uchun joiz bo‘lgan, tozalangan texnologik suvga ega bo‘lish.

TEXNIK XIZMAT KO‘RSATISH:

Uskunangizning tozalab turish davriyligi uning qay sharoitlarda ishlashiga bog’liq. Agar sizning kanalizatsiya tizimingiz judayam zamlangan holatda ishlaydigan bo‘lsa, har chorakda bir marotaba texnik xizmat ko‘rsatib turish tavsiya etiladi. Standart vaziyatlarga yaqinroq holatda ishlatilgan taqdirda, xizmat ko‘rsatib turish davriyligi har olti oyda amalga oshiriladi.

Barcha tozalash inshootlarimizga to‘liq texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha yillik shartnomalarni sizga taklif qilamiz. Biz “Topas” avtonom kanalizatsiya tizimingizga ishonchli va professional xizmat ko‘rsata olamiz. Biz uning mukammal holatda ishlab turishini ta’minlash qanchalik muhim ekanligini yaxshi bilamiz!

Yuqoriga qaytish