TAVSIFI:
Ushbu model markaziy kanalizatsiya mavjud bo‘lmagan joylardagi oqava suvlarni tozalash tizimidir. Uning korpusi korroziyaga va deformatsiyaga bardoshli, mustahkam va uzoq muddat xizmat qilib beruvchan polipropilendan yasalgan. Shu tufayli uskunani, shu jumladan yer osti suvlarining sathlari va tuproq xili turlicha bo‘lgan, har xil sharoitlarda ham o‘rnatish mumkin.
Septikning ishlash tamoili biologik tozalashga asoslangan bo‘lib, bu tozalangan suvni sug‘orish maqsadlarida qaytadan ishlatish imkonini beradi. Uning ichida jamlanib qoluvchi loy 3-4 oyda bir marotaba nasos vositasida chiqarib tashlanadi, so‘ngra uni kompostlashdan keyin o‘g‘it sifatida ishlatish mumkin. Assenizator mashinasini chaqirish yoki qo‘shimcha bakteriyalarni sotib olishning hojati yo‘q.
ASOSIY AFZALLIKLARI:
Ushbu tizimning afzalliklari quyidagilardan iborat:
Septik atrofini betonlashning hojati bo‘lmagan holda osongina o‘rnatish.
98% gacha yuqori darajali tozalash.
Yoqimsiz hidlarning yo‘qligi.
Ixchamlik, egallanadigan minimal joy maydoni (1 kv.metrdan boshlanadi).
Suvni chiqarib olish uchun assenizatorni chaqirishning hojati yo‘q.
Turli maqsadlar uchun mos bo‘lgan, shu jumladan o‘simliklarni sug‘orish, mashinalarni yuvish yoki drenajga tashlash uchun joiz bo‘lgan, tozalangan texnologik suvga ega bo‘lish.
TEXNIK XIZMAT KO‘RSATISH:
Uskunangizning tozalab turish davriyligi uning qay sharoitlarda ishlashiga bog’liq. Agar sizning kanalizatsiya tizimingiz judayam zamlangan holatda ishlaydigan bo‘lsa, har chorakda bir marotaba texnik xizmat ko‘rsatib turish tavsiya etiladi. Standart vaziyatlarga yaqinroq holatda ishlatilgan taqdirda, xizmat ko‘rsatib turish davriyligi har olti oyda amalga oshiriladi.
Barcha tozalash inshootlarimizga to‘liq texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha yillik shartnomalarni sizga taklif qilamiz. Biz “Topas” avtonom kanalizatsiya tizimingizga ishonchli va professional xizmat ko‘rsata olamiz. Biz uning mukammal holatda ishlab turishini ta’minlash qanchalik muhim ekanligini yaxshi bilamiz!







