Qidirish

Topas 30 PR

Stokda

XOSSALARI:

30 kishilik
Qayta ishlash hajmi: kuniga 6 kub.m.
Chiqarib tashlash(salvo chiqarish)hajmi: 1200 litr.
Vazni: 840 kg.
Uzunligi: 2.2 m
Kengligi: 2.2 m
Balandligi: 2,6 m
Ko‘milish chuqurligi: 90 sm
Energiya iste’moli: kuniga 6 kVt

TAVSIFI:

Ushbu model markaziy kanalizatsiya mavjud bo‘lmagan joylardagi oqava suvlarni tozalash tizimidir. Uning korpusi korroziyaga va deformatsiyaga bardoshli, mustahkam va uzoq muddat xizmat qilib beruvchan polipropilendan yasalgan. Shu tufayli uskunani, shu jumladan yer osti suvlarining sathlari va tuproq xili turlicha bo‘lgan, har xil sharoitlarda ham o‘rnatish mumkin.

Septikning ishlash tamoili biologik tozalashga asoslangan bo‘lib, bu tozalangan suvni sug‘orish maqsadlarida qaytadan ishlatish imkonini beradi. Uning ichida jamlanib qoluvchi loy 3-4 oyda bir marotaba nasos vositasida chiqarib tashlanadi, so‘ngra uni kompostlashdan keyin o‘g‘it sifatida ishlatish mumkin. Assenizator mashinasini chaqirish yoki qo‘shimcha bakteriyalarni sotib olishning hojati yo‘q.

Topas 30 Pr septikining o‘ziga xos afzalligi mavjud – u ham bo‘lsa o‘ziga o‘rnatilgan nasos bo‘lib, tozalangan suvni mo‘ljal qilingan tashlamaga, u ariq yoki drenaj qudug‘i bo‘ladimi bundan qat’i nazar, avtomatik ravishda tushirilishini kafolatlaydi.

ASOSIY AFZALLIKLARI:

Ushbu tizimning afzalliklari quyidagilardan iborat:
Septik atrofini betonlashning hojati bo‘lmagan holda osongina o‘rnatish.
98% gacha yuqori darajali tozalash.
Yoqimsiz hidlarning yo‘qligi.
Ixchamlik, egallanadigan minimal joy maydoni (1 kv.metrdan boshlanadi).
Suvni chiqarib olish uchun assenizatorni chaqirishning hojati yo‘q.
Turli maqsadlar uchun mos bo‘lgan, shu jumladan o‘simliklarni sug‘orish, mashinalarni yuvish yoki drenajga tashlash uchun joiz bo‘lgan, tozalangan texnologik suvga ega bo‘lish.

TEXNIK XIZMAT KO‘RSATISH:

Avtonom kanalizatsiya tizimining ishi kechayu-kunduz kuzatib turilishi shart emas, biroq bu haqida umuman o‘ylashni istamasangiz, tozalash inshootiga texnik xizmat ko‘rsatish yuzasidan shartnoma tuzib qo‘yganingiz, sizga juda ma’qul keladi. Kompaniyamizning xizmat ko‘rsatish bo‘linmasi o‘zimiz tomondan ishlab chiqilgan tozalash inshootlarimizga, to‘liq texnik xizmat ko‘rsatish uchun sizga yillik shartnomalar taklif etadi.

Yuqoriga qaytish