Avtonom kanalizatsiya qanday ishlaydi?
Tozalash jarayoni quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

Chiqindi suvlar qabul qiluvchi kameraga yuboriladi, u yerda ularning qabul qilinishi barobarlashtiriladi hamda biologik oksidlanish boshlanadi.
Shundan so‘ng, oqava suvlar aerotenkga bir tekis haydaladi, bu yerda faollashtirilgan loy vositasida oksidlanish orqali organik birikmalarning yakuniy parchalanishi sodir bo‘ladi. Faollashtirilgan loy o‘zidan, oqava suvlarni aeratsiyali biooksidlovchilarda tozalanishini amalga oshiradigan, hamda suv qatlamida muallaq holda bo‘lgan faol biomassani gavdalantiradi.
So‘ngra tozalangan suv va faol loy aralashmasi ikkilamchi idishga yuboriladi, u yerda faol loyni toza suvdan ajratish ro‘y beradi.
Avtonom kanalizatsiya tizimlariga qanday texnik xizmat ko‘rsatish kerak?
Muntazam ravishda, har 3 oydabir marotaba quyidagi muolajalar amalga oshirib turiladi:
• Faollashtirilgan loyqa stabilizatoridan O‘rnatma erlift-nasos yoki najas nasosi vositasida cho‘kindilarni olib tashlab turish.
• Qabul kamerasidagi erlift nasoslari va katta fraksiyalar filtrini tozalab turish.
• Topas septiki ichki idishini butunlay tozalash va yuvib tkrish.
• 1 va 2 sikllarda forsunkalarni tozalab turish.
• Qayta ishlanmaydigan axlatni zanglamaydigan elak vositasida olib tashlab turish.
Yiliga bir marotaba kompressor havo filtrini tozalash muolajasi bajarib turiladi.
Har 5 yilda esa bir marotaba qabul qiluvchi rezervuar va aeratenkning tubi minerallashgan cho‘kindidan tozalab turiladi.
Assenizatsiya mashinasini qanchalik tez-tez chaqirib turish kerak?
Assenizatsiya mashinasi umuman talab qilinmaydi. Stansiyada ozroq miqdordagi loyqa cho‘kib qolganida, uni stansiya tarkibiga avvaldan o‘rnatib qo‘yilgan nasos orqali qo‘l vostasida haydab chiqarib yuborish mumkin.
Stansiyaning xizmat qilish muddati?
Ishlab chiqaruvchilar 50 yil kafolat berishadi. Ish sharoitlariga qarab, minimal muddat 30 yil. To‘g‘ri o‘rnatish va korpus bilan bog‘liq muammolar bo‘lmasligi kerak. Ammo barcha elektr jihozlari vaqt o‘tishi bilan eskiradi. Kompressorning ishlash muddati taxminan 12 yilni tashkil etadi.
Stansiya ishlayotganda baland shovqin chiqaradimi?
Agar siz stantsiyadan 5 metr masofada tursangiz, u eshitilmaydi. Agar yaqinroq tursangiz, siz kompressor yoki nasosning engil shovqinini eshitishingiz mumkin.
Stantsiyani elektr tok tarmoqdan uzish mumkinmi?
Aeratsiya stantsiyalari va bioseptiklarni elektr tarmog‘idan uzish tavsiya etilmaydi, chunki bu holda tozalash jarayonlari to‘xtaydi.
Ishlayotgan avtonom kanalizatsiya qishda muzlaydimi?
Muzlamaydi, chunki zamonaviy septik korpusi polipropilendan qilingan. Material issiqlikni tashqariga chiqarmaydi va stansiya ichida issiqlik energiyasini ishlab chiqaradigan biologik jarayonlar doimiy ravishda sodir bo‘ladi.