Qidirish

Pogreb PP 2

Stokda

Xossalari:

Ichki hajmi 5.3 mᶟ
Vazni: 660 kg
Uzunligi: 2160 mm
Kengligi: 1500 mm
Balandligi: 2500 mm

Pogreb PP 2 — oziq-ovqat mahsulotlarini, shu jumladan sabzavot, tuzlamalar va uy sharoitida tayyorlangan qish jamlanmalarini, yil davomida buzilmasdan saqlanishi uchun mo‘ljallangan ekologik toza inshootdir.

Asosiy afzalliklari:

Ekologik xavfsizlik: Hid ajratib chiqarmaydigan oziq-ovqat plastikidan tayyorlangan bo‘lib, mahsulotingizni pokizalikda saqlaydi. Namlanishdan muhofaza: Germetizatsiya qilib ishlangan konstruksiya namlikning kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaydi, hatto atrof muhitning nam sharoitida ham ishonchli asralishni ta’minlaydi.
Kemiruvchilar va hasharotlardan himoya: hech qanday “kutilmagan mehmonlar” sizning zahirangizga yo‘l topa olmaydi.

Uzoq muddat asralishga yaroqlilik: mog‘or, zamburug‘lar, achib-chirish va korroziyalardan asorat ham yo‘q – mahsulotlaringiz uzoq muddatga qadar barraligini saqlaydi. Bizning tokchalarimiz 100 kilogrammgacha bo‘lgan yukni ko‘tara olishga loyihalangan va mustahkam polipropilendan tayyorlangan bo‘lib, sizning zaxiralaringiz uchun ishonchli tayanch bo‘lib xizmat qila oladi. Ombor ichida optimal iqlimni saqlab tura olish uchun bizda toza havoni va uning ishonchli tarzda aylanib turishini ta’minlaydigan, havo kiritish va chiqarib turish shamollatish tizimlari mavjud.

To‘liq to‘plam:

Ombor korpusi 80 mm qalinlikdagi polipropilendan qilingan
Lyuk qopqog‘i izolyatsiya qilingan
Sirpanib ketishga qarshi qoplamali zinapoyalar
Yorituv plafoni (suv o‘tkazmaydigan fonar)
Polipropilendan qilingan tokchalar: 3 dona, (gabaritlari ombor modeliga qarab)
Havoni ichkariga haydovchi shamollatish nimquvurchasi
Havoni tashqariga haydovchi shamollatish nimquvurchasi
Deflektor (shamollatishga oid soyabon)
Gigrometr / mexanik termometr (namlik va haroratni o‘lchab turish datchiklari)
Elektr simlari uchun kabel kiritish tuynugi
Taqsimlagich qutisi
O‘chirib-uzgich
Omborning texnik pasporti

Yuqoriga qaytish