TAVSIFI:
Ushbu tizim oqava suvlarni chuqur biologik tozalash stantsiyasiga ega bo`lib. Ushbu stansiya tozalashni faol balchiq va maxsus bakteriyalar yordamida amalga oshirib, chiqarib tashlanadigan oqovalarni atrof-muhit uchun ekologik jihatdan xavfsiz holatga keltiradi.
Tozalangan texnik suv, masalan, o‘simliklarni sug‘orish va maishiy-ho‘jalikda uchrab turadigan boshqa ehtiyojlari uchun safarbar etilishi mumkin. Bundan tashqari, tozalash jarayoni bog‘ va poliz uchun foydali o‘g‘it hosil qiladi.
Topas 75 Pr septikining o‘ziga xos afzalligi mavjud – u ham bo‘lsa o‘ziga o‘rnatilgan nasos bo‘lib, tozalangan suvni mo‘ljal qilingan tashlamaga, u ariq yoki drenaj qudug‘i bo‘ladimi bundan qat’i nazar, avtomatik ravishda tushirilishini kafolatlaydi.
ASOSIY AFZALLIKLARI:
Ushbu tizimning afzalliklari quyidagilardan iborat:
Septik atrofini betonlashning hojati bo‘lmagan holda osongina o‘rnatish.
98% gacha yuqori darajali tozalash.
Yoqimsiz hidlarning yo‘qligi.
Ixchamlik, egallanadigan minimal joy maydoni (1 kv.metrdan boshlanadi).
Suvni chiqarib olish uchun assenizatorni chaqirishning hojati yo‘q.
Turli maqsadlar uchun mos bo‘lgan, shu jumladan o‘simliklarni sug‘orish, mashinalarni yuvish yoki drenajga tashlash uchun joiz bo‘lgan, tozalangan texnologik suvga ega bo‘lish.
TEXNIK XIZMAT KO‘RSATISH:
Avtonom kanalizatsiya tizimining ishi kechayu-kunduz kuzatib turilishi shart emas, biroq bu haqida umuman o‘ylashni istamasangiz, tozalash inshootiga texnik xizmat ko‘rsatish yuzasidan shartnoma tuzib qo‘yganingiz, sizga juda ma’qul keladi. Kompaniyamizning xizmat ko‘rsatish bo‘linmasi o‘zimiz tomondan ishlab chiqilgan tozalash inshootlarimizga, to‘liq texnik xizmat ko‘rsatish uchun sizga yillik shartnomalar taklif etadi.







