Qidirish

Topas 50

Stokda

XOSSALARI:

50 kishilik
Qayta ishlash hajmi: kuniga 9 kub.m3.
Chiqarib tashlash(salvo chiqarish)hajmi: 1500 litr.
Vazni: 1225 kg.
Uzunligi: 3.3 m
Kengligi: 2.2 m
Balandligi: 3 m
Ko‘milish chuqurligi: 125 sm
Energiya iste’moli: kuniga 9 kVt

TAVSIFI:

Montaj qilinishi qulay va foydalanish jihatidan oson bo‘lib, ular maishiy oqava suvlarni 98 foizgacha samarali tozalanishini ta’minlay oladi. Biz mahsulotning 50 yil mobaynida muammosoz ishlatilishiga kafolat beramiz.  Tozalangan oqava suvlar maxsus kameraga to‘planib, so‘ngra drenaj nasos yordamida bog‘larni sug‘orishda foydalaniladigan texnik suv sifatida chiqariladi.

ASOSIY AFZALLIKLARI:

Maishiy oqava suvlarni 98 foizgacha samarali tozalanishi.
Xizmat muddati – 50 yilgacha.
Shovqinsiz ishlashi.
Badbo‘y hidlarning yo‘qligi
Tozalangan oqavadan yig’ilgan suv bog‘lar va polizlarni sug‘orishda bemalol ishlatilishi mumkin .

TEXNIK XIZMAT KO‘RSATISH:
Uskunangizning tozalab turish davriyligi uning qay sharoitlarda ishlashiga bog’liq. Agar sizning kanalizatsiya tizimingiz judayam zamlangan holatda ishlaydigan bo‘lsa, har chorakda bir marotaba texnik xizmat ko‘rsatib turish tavsiya etiladi. Standart vaziyatlarga yaqinroq holatda ishlatilgan taqdirda, xizmat ko‘rsatib turish davriyligi har olti oyda amalga oshiriladi.

Barcha tozalash inshootlarimizga to‘liq texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha yillik shartnomalarni sizga taklif qilamiz. Biz “Topas” avtonom kanalizatsiya tizimingizga ishonchli va professional xizmat ko‘rsata olamiz. Biz uning mukammal holatda ishlab turishini ta’minlash qanchalik muhim ekanligini yaxshi bilamiz!

Yuqoriga qaytish